Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA!

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Ta’lim sifati, avvalo, o‘quvchi uchun yaratilgan sharoit, zamonaviy imkoniyatlar va ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois maktabdagi mavjud sharoitlarni joyiga chiqib o‘rganish va aniqlangan masalalarga e’tibor qaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘rganish davomida o‘quv xonalari, maktabning umumiy holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim olish jarayonidagi mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab ma’muriyati va pedagoglar bilan suhbatlashilib, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O‘quvchilar bilan ham muloqot qilinib, ularning ta’lim olish jarayonidagi fikr va takliflariga e’tibor qaratildi. Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan maktabdagi sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish hamda aniqlangan masalalarni tegishli tartibda nazoratga olishga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1