Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#162_ta_qonun
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#okrugda_o'rganish
#kuz-qish_mavsumi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 1-sonli umumta’lim maktabida sohaviy qonun va qarorlar ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarga sifatli bilim berish sharoitlarini yaxshilash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-“Bandixon” saylov okrugi deputati X.Abdimo'minov tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil ishlarini o‘tkazdi.

✅O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan sohaviy savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘RQ–637), “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi (O‘RQ–901), “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi (O‘RQ–595) qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori talablari ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅Monitoring jarayonida dars mashg‘ulotlarining metodik ta’minoti, o‘qituvchilarning kasbiy huquq va kafolatlariga rioya etilishi, maktabning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda ota-onalar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

✅Tashrif yakunida ta’lim samaradorligini oshirish va aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1