Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
NAMANGAN SHAHRIDA FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

NAMANGAN SHAHRIDA FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov hamda mas’ullardan iborat ishchi guruh tomonidan haftalik ish reja ijrosi doirasida Namangan shahridagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida FHDYO bo‘limi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq jarayonlar hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 20-bandi — davlat xizmatlari va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli qoidalar asosida nikoh tuzish, nikohdan ajratishni qayd etish va fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishga oid qonunchilik talablari yuzasidan masalalarga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, oilaviy ajrimlarning oldini olish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, ajralish yoqasida turgan oilalar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi. 

Ushbu yo‘nalishda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarning ahamiyati ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Fuqarolarga davlat xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish, qonunchilik talablariga rioya etish hamda oilalarni mustahkamlashga qaratilgan profilaktik ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4