Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Yo‘l harakati xavfsizligi — doimiy e’tiborda

 Yo‘l harakati xavfsizligi — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Kengash deputati M. Pardayev tuman Yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimi bilan suhbat o‘tkazib, hududda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish masalalarini muhokama qildi.
👦👧 Suhbat davomida bolalarning ko‘chalarda to‘g‘ri va xavfsiz harakatlanishi, piyodalar yo‘laklaridan foydalanishi, yo‘lni belgilangan joylardan kesib o‘tishi hamda maktab o‘quvchilarining turli transport vositalaridan foydalanishida yuzaga kelayotgan muammolar haqida fikr almashildi.
🗣 Deputat tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish va mavjud muammolarni hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🤝 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi bunday hamkorlik hududda xavfsizlikni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️