Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDAGI IJRO O‘RGANILADI

 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDAGI IJRO O‘RGANILADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan tumanda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda elektron hukumat tizimini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan tumandagi tegishli tashkilot va muassasalarda:
▪️ elektron davlat xizmatlarining ko‘rsatilishi va ulardan aholining foydalanish darajasi;
▪️ mahallalarda internet va telekommunikatsiya xizmatlarining sifati;
▪️ davlat tashkilotlarida elektron tizimlardan foydalanish holati;
▪️ aholining raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
▪️ elektron xizmatlardan foydalanishda mavjud muammo va kamchiliklar;
▪️ aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganiladi.
📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlar va ijro muddatlari belgilanadi.
🎯 Maqsad — aholiga qulay va sifatli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, raqamli imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tumanda raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️