Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi

 Yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan 2026-yil 5-oktabr kuni “Deputat daftari” doirasida Navro‘z mahallasi yoshlar yetakchisi Shaxzod Maxmarayimovning mahalla yoshlari bilan ishlash faoliyati o‘rganildi.

📌 Bugungi kunda mahallada 1 200 nafardan ortiq yoshlar istiqomat qiladi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan quyidagi ma’lumotlar qayd etildi:
💎 7 nafar yosh ijtimoiy reyestrga kiritilgan;
💎 10 nafar yosh savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan;
💎 12 nafar yoshga imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan;
💎 112 nafar yoshga daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yer maydonlari ajratilgan;
💎 115 nafar yosh oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.

🌐 Shuningdek, xorijda bo‘lib, yetarli daromad topa olmayotgan yoshlar bilan aloqalar o‘rnatilib, ularni Vatanga qaytarish va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

📱 Mahallada yashovchi 80 nafardan ortiq yosh uchun Samarqand shahridagi ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilish imkoniyatlari yaratilgan.

🌐 O‘rganishdan asosiy maqsad — mahalla yoshlarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishiga ko‘maklashish hamda muammolarini manzilli hal etish borasidagi ishlarni kuchaytirish.