Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
24-MUSTAQILLIK SAYLOV OKRUGI DEPUTATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDI

 24-MUSTAQILLIK SAYLOV OKRUGI DEPUTATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDI
24-Mustaqillik saylov okrugi deputati A. Parpiyev tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududdagi aholini qiynab kelayotgan masalalar, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari atroflicha tinglandi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan hamda kundalik hayotida duch kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy yordam so‘radilar.

Muloqot jarayonida obodonlashtirish, yo‘l va infratuzilma, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat A. Parpiyev tomonidan har bir murojaat diqqat bilan o‘rganilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Yechimi deputat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarni esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilarning taklif va tashabbuslari ham o‘rganilib, kelgusida hududda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirishda ularning fikrlarini inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.

Saylovchilar bilan ochiq va bevosita muloqotlar deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bunday uchrashuvlar orqali fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish va aholi bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilmoqda.
 

Slide 1 of 1