Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi III-31-62-14-202-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida 193-sonli umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

💼 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

⚠️ Jarayonda maktabda inklyuziv ta’lim uchun ajratilgan o‘quv xonalari, ularning moddiy-texnik jihozlanishi hamda yo‘laklarda o‘rnatilgan harakatlanishga ko‘maklashuvchi tutqichlar holati ko‘zdan kechirildi. Ayrim yo‘laklardagi tutqichlar talab darajasida o‘rnatilmagani, shuningdek, ajratilgan o‘quv xonalari uchun zarur jihozlar hali to‘liq yetkazib berilmagani aniqlandi.

📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tutqichlarni belgilangan talablarga muvofiq o‘rnatish hamda zarur jihozlarni yetkazib berish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📇 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash hamda maktabda xavfsiz va qulay muhit yaratish maqsadida deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5