Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
YURTOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Yunusobod tumanidagi “Yurtobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣Muloqot davomida “Obod mahalla” dasturi doirasida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✅Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar tinglandi. Deputatlar tomonidan fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda hududni yanada obod qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Shuningdek, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, qurilish-ta’mirlash ishlari va ularning muddatlari yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berildi. Aholi takliflari asosida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish belgilandi.

⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga oid normalari.

Slide 1 of 2