Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI

SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev tomonidan Namangan shahar soliq inspeksiyasida bo‘lib, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining soliq sohasi va mahalliy budjet daromadlariga oid qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida Kengashning 2026-yil 16-fevraldagi VII-16-15-6-91-K/26-sonli hamda 2026-yil 18-avgustdagi VII-22-63-6-91-K/26-sonli qarorlarida belgilangan topshiriqlarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq qarzdorligini kamaytirish hamda budjet tushumlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yangi soliq to‘lovchilarni aniqlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va soliq tushumlarini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida Kengash qarorlari ijrosini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalar asosida olib borildi.

Shuningdek, doimiy komissiyalar kesimidagi 162 ta qonun hujjati taqsimoti doirasida mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, soliq tushumlarini ta’minlash va budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga oid qonunchilik talablari ijrosiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan topshiriqlar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4