Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonlaridan tumandagi suv xo‘jaligi mas’ullari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasidagi aholining murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵Murojaatda kelgusida suv toshqinlari yuzaga kelishining oldini olish maqsadida mahalla hududidagi kanal va suv quvurini ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan. O‘rganish davomida mazkur masalaning aholi xavfsizligi, hududdagi mavjud infratuzilmaning holati hamda ehtimoliy suv toshqinlarining oldini olishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

🔵Deputatlar tegishli mas’ullar bilan birgalikda murojaatda ko‘rsatilgan joyni ko‘zdan kechirib, kanal va suv quvurini ta’mirlash bo‘yicha bildirilgan takliflarni muhokama qildilar. O‘rganish jarayonida aholiga murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tushuntirishlar berilib, muammoni bartaraf etish, kanal va suv quvurini ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda zarur chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 3