Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Profilaktika inspektorining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun doirasidagi faoliyati tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquq-tartibot organlarining mahallalardagi faoliyati samaradorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 17-Limonzor saylov okrugi deputati S.Shaydilovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi faoliyatini o‘rgandi.

✅Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni talablari asosida o‘tkazildi. Tahlillar natijasida hudud 2026-yil davomida kriminogen holat bo‘yicha "yashil" toifada saqlanib kelayotgani va jinoyatchilik qayd etilmagani ma’lum bo‘ldi.

✅Shuningdek, 3 nafar profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual-profilaktik tadbirlar, ularni sog‘lom hayot tarziga qaytarish va bandligini ta’minlash choralari tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1