Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Mahallada tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududidagi “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi S.Rahmonaliyevning faoliyati, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Habibiy ko‘chasi, 54-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor O.Yuldashev tomonidan yo‘lga qo‘yilgan oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor “Sanoatqurilishbank”ning shahar filialidan 100 million so‘m kredit olib, sport mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etgan.

Ushbu tashabbus natijasida 5 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu esa mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini daromadli mehnat bilan band qilish va ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4