Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#Deputat_so'rovi #Oltinsoy #Suv_ta'minoti #Saylovchilar_manfaati

 
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich tomonidan tumandagi Yakka tut va Shakarqamish mahallalari hududidan o‘tuvchi ariq holatini o‘rganish hamda tomorqa yerlarini sug‘orish suv ta’minotini yaxshilash yuzasidan Oltinsoy tumani “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori X. Qayumovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

Deputatning Yakka tut mahallasi aholisi va saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari hamda joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, tomorqa yer maydonlariga suv yetkazib beruvchi ariqning ayrim qismlarini loyqa va chiqindilardan tozalash, shuningdek, suvning yerga singib ketishi hamda yo‘qotilishining oldini olish uchun betonlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlangan.

Deputat so‘rovida quyidagi masalalarga aniqlik kiritish va chora-tadbirlar belgilash so‘ralgan:
·         Ariq o‘zanini loyqa, chiqindi va suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan boshqa omillardan tozalash va qazish ishlarini olib borish;
·         Suv yo‘qotilishining oldini olish maqsadida betonlash talab etiladigan ariq qismlarini aniqlash;
·         Tozalash va betonlash ishlarining hajmi, zarur mablag‘ miqdori hamda bajarish imkoniyatlarini belgilash;
·         Masalani hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini ko‘rsatish.

Deputat so‘roviga asosan ko‘rilgan choralar va o‘rganish natijalari yuzasidan belgilangan tartibda asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishi kutilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3