Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan deputatlik nazorati doirasida tumandagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni tartibga keltirish ishlari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabning ichki va tashqi hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya-tozalik holati, mavjud yashil maydonlar va daraxtlarni parvarishlash, maktab hovlisini tartibli saqlash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish, hududni mavsumga mos ravishda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga maktab hududida tozalik va obodonlashtirish ishlarini muntazam davom ettirish, daraxt va gulzorlarni parvarishlash, foydalanilmayotgan hududlarni tartibga keltirish hamda ta’lim muassasasining tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2