Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonun_ijrosi #deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja #nazorat_tahlil

Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan Qiziriq tumani Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tashkilot faoliyatining samaradorligi, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-668-son, 2021-yil 20-yanvar) ijrosini o‘rganish maqsadida tayyorlangan maxsus savolnoma asosida tashkilot faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida madaniy tadbirlarni tashkil etish, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, madaniyat tashkilotlarining faoliyati, mavjud moddiy-texnik baza hamda qonun talablarining amalda bajarilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining, ayniqsa, yoshlarning madaniy tadbirlarga jalb etilishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2