Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
479-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA OVQATLANISH VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sabura Normetova hamda O‘zXDP Yunusobod tuman Kengashi raisi Muxlisa Qosimova Yunusobod tumanidagi 479-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasadagi shart-sharoitlar va bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔍O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning xavfsizligi hamda muassasaning sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

🍓Alohida e’tibor tashkilot oshxonasidagi shart-sharoitlar va bolalarning ovqatlanish jarayoniga qaratildi. Jumladan, oshxonaning sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, taomlarni tayyorlash jarayoni, bolalarga berilayotgan taomlarning tarkibi hamda ovqatlanish tartibiga rioya etilishi o‘rganildi.

💵Shuningdek, oshxona jihozlari va idish-tovoqlarning tozaligi, xodimlarning sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishi, ichimlik suvi hamda umumiy sanitariya sharoitlari ko‘rib chiqildi.

⚖️Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📌O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun sog‘lom, xavfsiz va sanitariya talablariga javob beradigan muhitni ta’minlash, shuningdek, sifatli va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2