Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi

#Doimiy_komissiya_faoliyati #murojaatlar_daftari #kotibiyat_mudiri_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Ochildiyev tomonidan 9-Gilambob saylov okrugidagi «Xalqobod» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning «Fidoyilar» ko‘chasida joylashgan 100 dan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash bilan bog‘liq mavjud muammo joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

Mazkur ko‘chada aholi sonining ortib borishi natijasida mavjud elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash zarurati yuzaga kelgani, xususan, yangi transformator o‘rnatish, qo‘shimcha elektr ustunlarini olib kelish va o‘rnatish masalalari fuqarolar tomonidan ko‘tarilgani o‘rganildi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida mahalladagi mavjud elektr tarmoqlari va ustunlarning holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan suhbatlashildi hamda muammoning aholi kundalik hayotiga ta’siri o‘rganildi.

Aniqlangan masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, zarur choralarni belgilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur masalaning hal etilishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi hamda «Fidoyilar» ko‘chasidagi 100 dan ortiq xonadonning barqaror elektr ta’minotiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olinadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2