Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati olib borildi

Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati olib borildi

Joriy yilning 7-oktabr kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov kunlik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatovning 22-Zartepa okrugiga qarashli Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.

Mahalla hududidagi mavjud muammolar, amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.Jumladan, mahalla hududidagi yo‘lning 2 kilometrlik qismiga shag‘al-tosh to‘kilgani, buning natijasida fuqarolarning harakatlanishi uchun qulayliklar yaratilayotgani o‘rganildi. Mazkur ishlarning aholi turmush sharoitiga ijobiy ta’siri yuzasidan mahalla raisi bilan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallani kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholi xonadonlarining elektr energiyasi bilan ta’minlanishi, elektr tarmoqlari va tegishli texnik vositalarning holati hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida «24-tavsiya» ijrosining ta’minlanishi, xususan, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va elektr energiyasi ta’minotidagi barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla raisining ma’lumotlari tinglandi.

Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1