Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#Kengash_raisi_faolyati #Kunlik_ish_reja #Haftalik_ish_reja “TO‘LQIN” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

#Kengash_raisi_faolyati
#Kunlik_ish_reja
#Haftalik_ish_reja

“TO‘LQIN” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo'zimurodov Abdusalom Javliyevich tomonidan 5-To'lqin saylov okrugida “To‘lqin” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati hamda hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligining aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va muammolarni amaliy hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan mas’ullarning faoliyati ko‘rib chiqildi. O'rganishda Xalq deputatlari Surxandaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Isoqov, Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi M. Choriyeva, tegishli mas’ullar va mahalla faollari ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori tomonidan mahalladagi fuqarolarning “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalari, ularning ijtimoiy holati hamda profilaktik tadbirlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish, shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahalladagi muammoni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar murojaatini tinglash va uning yechimini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1