Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🏘 Mahalla yettiligi faoliyati: mas’uliyat, manzillilik va natija

08.10.2026 yil kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi Otabek Tursunov Sherobod tumanidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyatini tahlil qildilar.

Jarayonda Mahallalar uyushmasi Sherobod tumani bo‘limi boshlig‘i Oltiboy Ostonaqulov ham ishtirok etib, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr bildirdi.

🔎 Tahlil markazida — aholi manfaatlari.

Jumladan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” vakillarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Tahlil yakunlari bo‘yicha mahallalarda ishlarni takomillashtirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda faoliyat samaradorligini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Mahalla — islohotlar aholiga eng yaqin bo‘lgan maskan. Uning samarali faoliyati esa har bir xonadondagi farovonlik va har bir fuqaroning muammosiga topilgan yechimda namoyon bo‘ladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3