Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 3-Ko‘kpatas saylov okrugi deputati M.Kuzenbayev tomonidan Mingbuloq OFYda ovul ijtimoiy xodimining nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ovul hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy holati, mavjud ehtiyojlari va muammolarini aniqlash, ularga amaldagi qonunchilik asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda davlat tomonidan belgilangan imtiyozlardan foydalanishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlari va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarini hal etishga ko‘maklashish hamda mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishlari bo‘yicha tushuntirishlar berish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarning fuqarolarga yetkazilishi, ularning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va zarur yordamni tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashbo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar davom ettiriladi

Slide 1 of 4