Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #sessiyadan_jarayonlar #Kengash_sessiyasi #Ekspert_guruhlari

XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

🇺🇿 Unda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimi B.Mamadjanov, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tegishli idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi "Ekspert guruhi" a'zolari ishtirok etdi.

🔴 Sessiyada dastlab - Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil 9 oyi davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi hamda deputatlik so'rovlari ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilishi belgilandi.

📊 Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2026-yilning 9 oyi davomida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan jami 69 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan. Shundan 50 tasi belgilangan muddatda ko‘rib chiqilib, javob berilgan, 19 ta so‘rov bo‘yicha esa javoblar belgilangan muddatdan kechiktirib taqdim etilgan.

💹 Bu holat deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mas’ul mansabdor shaxslarning deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq javob berishini ta’minlash zarurligini ko‘rsatmoqda.

📈 Kengash qarori bilan Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanovga Kengash va deputatlik so‘rovlari yuborilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, o‘z vaqtida javob bermagan mansabdor shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasiga muvofiq sudga yo‘naltirish lozimligi belgilandi.
Slide 1 of 6