Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
G‘alchasoy mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahallada jami 32 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, sentyabr oyida esa 5 ta oila reyestrdan chiqarilgani aniqlandi. Shuningdek, reyestrda mavjud oilalarning 13 tasi davlat ta’minotidagi oilalar hisoblanadi.

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi M.Abdullayevaning faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlari o‘rganildi.

Mahallada jami 81 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ularning 21 nafari I guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarni tashkil etadi.

Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy yordamlar ham ko‘rsatilgan. Jumladan, 5 nafar fuqaroga nogironlar aravachasi, 1 nafar fuqaroga eshitish moslamasi olib berilgan.

O‘rganish davomida Ijtimoiy reyestrdagi oilalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va zarur ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5