Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI

Deputatlik faoliyatida qonunchilikda belgilangan huquqlardan to‘g‘ri foydalanish muhim.
📌 1. Deputat so‘rovi yuborish huquqi
Deputat tegishli hududdagi davlat organlari va mansabdor shaxslarga ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan deputat so‘rovi yuborishga haqli.
📌 2. Axborot olish huquqi
Deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, ma’lumotlar va boshqa axborotlarni belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
📌 3. Masalalarni Kengash muhokamasiga kiritish
Deputat hudud aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, tegishli masalalarni Kengash majlisida ko‘rib chiqish uchun taklif etishi mumkin.
📌 4. Nazoratda ishtirok etish
Deputat Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlarning ijrosini o‘rganish va nazorat tadbirlarida ishtirok etish huquqiga ega.
📌 5. Saylovchilar bilan ishlash
Deputat fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rganishi, muammolarni tegishli tashkilotlarga yetkazishi va ularning hal etilishi yuzasidan ish olib borishi mumkin.
📝 ESDA TUTING!
Deputatning huquqi — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish uchun berilgan vakolatdir.
📚 “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun.