Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi

Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi bilan birgalikda o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Tashabbusli budjet loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🏗 Loyiha doirasida maktab hududida mini futbol, basketbol va vorkaut maydonchalari barpo etilmoqda. O‘rganish davomida qurilish ishlari, obyektning holati hamda ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, mazkur jarayonda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-394, 04.09.2015) talablarining ijrosi, yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilayotgan sharoitlar va sport infratuzilmasidan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

🤝 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli yakunlanishi bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.

🏀 Yangi sport maydonchalari maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Slide 1 of 3