Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
🏫 MAKTABLARDA TA’LIM SIFATI VA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan Sherobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

👥 Ishchi guruhi tomonidan belgilangan vazifalar doirasida ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

🏫 O‘rganishlarning dastlabki manzili 3-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ishchi guruhi maktabga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida maktab direktori I.Bo‘ronov bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va o‘quvchilarning davomatini ta’minlash, maktab hududini obodonlashtirish, mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktabda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish ishlari davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3