Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI



📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 8-Gulzarobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Erxo'jayevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan tumandagi Markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarni qabul qilish va ro‘yxatga olish jarayoni, shifokorlar qabuli, mutaxassislarga yo‘llanmalar berish amaliyoti, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi, dori vositalari bilan ta’minlanganlik, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🩺 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, tibbiy hujjatlarni yuritish, tibbiy etikaga rioya qilish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Shuningdek, poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar qabuli, kutish vaqti hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, birlamchi tibbiy yordam tizimi samaradorligini oshirish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3