Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Ayollar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Suvonqulovaning tashabbusi bilan Sardoba tumanidagi “Birlashgan” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Humo” o‘quv markazida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlar va ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda o‘quv vaucherlari ajratilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida xotin-qizlarga zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda kelgusida o‘zini o‘zi band qilish yoki munosib ish o‘rinlariga joylashish uchun zarur imkoniyatlar yaratiladi.

O‘quv jarayonlari dushanba kunidan boshlanib, ishtirokchilarni kasbiy tayyorlash va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan holda tashkil etiladi.

Bunday amaliy ishlar, avvalo, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va oila farovonligini mustahkamlashga xizmat qiladi

Slide 1 of 4