Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“Muammo bilan yuzma-yuz”: fuqaro murojaati o‘rganildi.

Murojaatda fuqaro Do‘stlik hududidan o‘tuvchi zovur bo‘yidan o‘rdakchilikni rivojlantirish maqsadida yer maydoni ajratish masalasini ko‘targan.

Mazkur murojaat yuzasidan mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilib, fuqaroning taklifi va mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yer ajratish bilan bog‘liq masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, mavjud tartib-taomillar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida fuqaroning murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi, masalani qonuniy asosda hal etish imkoniyatlari o‘rganilishi hamda murojaat natijasi bo‘yicha fuqaroga belgilangan tartibda ma’lumot berilishi belgilandi.

Aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bunday uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini bevosita eshitish va ularni hal etishda amaliy yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5