Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI

Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova tomonidan 220-sonli umumta’lim maktabida sanitariya-gigiyena holati hamda o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etish sharoitlari o‘rganildi.

📝O‘rganish davomida maktab oshxonasining sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarining qanday sharoitda va qay tartibda saqlanayotgani, yaroqlilik muddati, saqlash harorati, shuningdek, tayyor taomlarni tayyorlash va tarqatishda sanitariya talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash joylari, xomashyo va tayyor mahsulotlarning alohida saqlanishi hamda o‘quvchilarga berilayotgan taomlarning xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Mazkur deputatlik nazorati O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari asosida amalga oshirildi.

👩🏻‍🏫Deputat tomonidan maktabda sanitariya talablariga qat’iy rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan sharoitlarda saqlash va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda sifatli ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2