Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputatlik_nazorati #nazorat_tahlil #biriktirilgan_tashkilot

«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Shreder saylov okrugidan saylangan deputat S. Abdishukurov o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi «Bog‘bonlar yurti» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev bilan birgalikda 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi holati, olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari hamda muassasani kelgusida foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 100 o‘rinli bo‘lib, ayni vaqtda binoda qayta rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. O‘rganish jarayonida rekonstruksiya ishlarining borishi, tashkilotning moddiy-texnik bazasi hamda bolalar uchun yaratilishi rejalashtirilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan saylov okrugidagi ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganish, aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va maktabgacha ta’lim tashkilotining belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini nazorat qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar umumlashtirilib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4