Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#24_ta_tavsiya #KQ_35_ijrosi #nazorat_tahlil

«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat — tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan saylov okrugidagi «Zarbdor» mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida «Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar»ning 5-yo‘nalishi asosida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand xotin-qizlar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligi, mahalladagi xotin-qizlar bilan individual va manzilli ishlash holati, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1