Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi

Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Abdulmajidov tomonidan shaharda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish hamda sohada amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining joylardagi ijrosi holati tahlil qilinib, jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda chiptalarni xarid qilish tizimining qulayligi o‘rganildi.

Shuningdek, avtobus yo‘nalishlarida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati monitoring qilinib, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil etildi.

O‘rganish jarayonida yo‘lovchilarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda sohada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, aholiga yaratilayotgan qulayliklarni kengaytirish hamda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli takliflar kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 6