Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holati o‘rganildi

 Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Nurmatov va M.Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar hokimligining Investitsiya va tashqi savdo kotibiyatida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bugungi holati, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosi, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda investitsiyalarni o‘zlashtirish jarayonlari tahlil qilindi.

Shuningdek, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish, investorlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha investitsiya dasturlari ijrosini samarali tashkil etish, loyihalarning amaliy natijadorligini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar ijrosi muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Slide 1 of 4