Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “TINCHLIK” MAHALLASIDA FAOLIYAT “24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” ASOSIDA TAHLIL QILINDI
Termiz shahrida mahallalar faoliyatini takomillashtirish, aholi bilan manzilli ishlash va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla vakillarining faoliyati, xonadonbay ishlash tizimi hamda aholi bilan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.

Nazorat-tahlil tadbiri Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Muloqot davomida:

xonadonbay ishlash va oilalarning muammolarini manzilli o‘rganish;

aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;

mahalla mas’ullari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

ijtimoiy masalalarni hal etish;

amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda mahalla vakillariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — mahalladagi muammolarni joyida aniqlash va amaliy yechim topishning muhim vositasidir.