Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#Haftalik_sarhisob #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati HAFTALIK ISHLAR SARHISOB QILINDI.

#Haftalik_sarhisob
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Deputat_faoliyati
HAFTALIK ISHLAR SARHISOB QILINDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi va deputatlar faoliyati yuzasidan haftalik sarhisob o‘tkazildi.

Sarhisob jarayonida Kengash Kotibiyati mudiri M.Yarmatov tomonidan hafta davomida rejalashtirilgan ishlarning bajarilish holati, deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi hamda natijadorligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, Kengash faoliyatining ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi, tayyorlanayotgan materiallarning mazmun-mohiyati, axborotlarning tezkorligi va yoritilish sifati yuzasidan monitoring natijalari ko‘rib chiqildi.

Deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyati ham alohida tahlil qilindi.

Sarhisob kelgusi hafta uchun belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda jamoatchilikka yetkazilayotgan axborotlar sonini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1