Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov hududidagi Ipakchi mahallasining Bog‘chasaroy ko‘chasida o‘rganish olib borildi.

Unda ko‘chadagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan infratuzilma masalalari, xususan, umumiy hojatxonani ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining holati joyida ko‘zdan kechirilib, yakuniy bosqichda ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 362-II-son “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi doirasida hududdagi sanitariya holati ham o‘rganildi. Xususan, to‘planib qolgan chiqindilar masalasiga e’tibor qaratilib, mas’ullarga murojaat qilindi. Natijada to‘planib qolgan chiqindilar shu kunning o‘zida hududdan olib chiqildi.

Bu kabi o‘rganishlar Kengash qarorlarining amaliy ijrosini joyida nazorat qilish, aniqlangan muammolarga tezkor munosabat bildirish va aholining haqli talablarini qanoatlantirishga xizmat qilmoqda.

Deputatlik nazorati doirasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4