Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

#Ish_reja_ijrosi
#24_ta
_masala
 Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 10–At-Termiziy saylov okrugi deputati R.Kabulova hududida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Raximqulov tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida O'zbekiston mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholining murojaatlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, mahalla hududida aholi bilan ishlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, bandlikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududda obodonlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida mahalla yettiligi vakillari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputat tomonidan esa aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida fuqorolar murojjati joyida o'rganildi kelgan fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish va hududdagi dolzarb masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1