Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

#Ustozga_ehtirom #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

🏛 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Katta Cho‘ponota” mahallasida ustoz va murabbiylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov ishtirok etib, faxriy pedagoglarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

🔺 Tadbirda ko‘p yillar davomida pedagoglik kasbida fidokorona faoliyat yuritib, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi va kamolotiga munosib hissa qo‘shgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy ustoz va murabbiylarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputat tomonidan ustozlarning ko‘p yillik sharafli mehnati e’tirof etilib, ularning hayotiy tajribasi, bilim va tarbiyasi bugungi yosh avlod uchun katta ibrat maktabi ekani ta’kidlandi.

📚 Zero, ustoz — insonning nafaqat bilim olishi, balki uning dunyoqarashi, ma’naviyati va kelajak hayot yo‘li shakllanishida muhim o‘rin tutadigan ulug‘ zot. Yillar davomida minglab yoshlarga ta’lim-tarbiya bergan faxriy pedagoglarning boy tajribasini qadrlash va ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir.

🌱 Muxtor Ilhomov ustozlarning yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlariga alohida hurmat bildirib, ularning ibratli hayot yo‘li yoshlar uchun muhim ma’naviy maktab ekanini qayd etdi.

📁 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish, mahallada avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy vorisiylikni mustahkamlash hamda katta hayotiy tajribaga ega nuroniy va faxriylarning jamiyatdagi o‘rnini qadrlash kabi ezgu maqsadlar bilan hamohang bo‘ldi.

🌷 Bayram davomida ustoz va murabbiylarga samimiy tilaklar bildirilib, ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik hamda shogirdlari va yaqinlari ardog‘ida bo‘lib yurish tilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7