Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
GAVHAR MAHALLASIDA BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan “Gavhar” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va oilalar farovonligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Gavhar” MFY hokim yordamchisi Haydarov Alisher Ro‘ziqulovich tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga ko‘maklashish hamda oilalarning daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalladagi har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, ehtiyojmand va ishsiz fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularni doimiy daromadga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasida ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
🤝 Maqsad — har bir xonadonda bandlikni ta’minlash, barqaror daromad manbasini yaratish va oilalar farovonligini oshirish.