Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
USTOZ VA MURABBIYLAR — YUKSAK E’TIROF SOHIBLARI!

Chilonzor tumanida Ustoz va murabbiylar kuni o‘zgacha ko‘tarinkilik, samimiyat va yuksak e’tirof bilan nishonlandi.
Tantanali tadbirda ta’lim-tarbiya sohasida ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilib, yosh avlod kamoliga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh pedagoglarimizning mehnati munosib taqdirlandi.
Bayram munosabati bilan tumanimizning faol va fidoyi pedagoglari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 262-sonli MTT direktori Xidiyatulina Rima Rashitovna ham bor.
Tuman hokimligida o‘tkazilgan tantanali marosimda yuksak mukofotlarni tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tantanali ravishda topshirdi.
Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, mehringiz, sabringiz va fidoyiligingiz tufayli minglab yoshlar bilim olib, hayotda o‘z o‘rnini topmoqda.
Bugungi yuksak e’tirof bilan Xidiyatulina Rima Rashitovnani hamda barcha fidoyi pedagoglarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌷 Ustozga ehtirom — kelajakka ehtiromdir!

Slide 1 of 2