Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati

DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov tomonidan Kogon shahar oilaviy poliklinikasida aholiga bepul dori-darmon vositalarini berish holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida dori-darmonlarning mavjudligi, ularning belgilangan tartibda saqlanishi va fuqarolarga yetkazib berilishi, shuningdek, aholining bepul dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Jarayonda Kengash bosh mutaxassisi Z. Temirova ham ishtirok etib, aniqlangan holatlar va mavjud masalalar yuzasidan tegishli o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputatlik nazorati — faqat holatni ko‘rish emas, balki muammoning sababini aniqlash, fuqarolar manfaatini himoya qilish va masalani amaliy yechimga yo‘naltirishdir.

Aholi salomatligi bilan bog‘liq har bir masala e’tiborda. Zero, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar fuqaroga o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yetib borishi — samarali nazoratning muhim mezonidir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 2