Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Milliy hunarmandchilik an’analari davom ettirilmoqda

Milliy hunarmandchilik an’analari davom ettirilmoqda

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T.Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Z.Sapaev ishtirokida “Chaman” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro R.Abdullayevning hunarmandchilik faoliyati, xususan, milliy beshiklar tayyorlash jarayoni bilan tanishildi.

Tanishuv davomida hunarmand tomonidan tayyorlanayotgan milliy beshiklarning sifati, ularni yasashda qo‘llanilayotgan an’anaviy usullar, mahsulotlarning bozordagi o‘rni hamda faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida hunarmandchilik faoliyatini yanada rivojlantirish, mahsulotlar turini kengaytirish va ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi. Mazkur faoliyat milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6