Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Yashnobod tumani hokimi B. Raxmankulov aholi va tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi

Murojaatda davlatimiz rahbari tomonidan hududlar oldiga qo‘yilayotgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Yashnobod tumanini yanada obod va farovon hududga aylantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, daromadlarini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar bayon etildi.

👍 Tuman hokimi murojaatida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini yaxshilash, shuningdek, yangi ijtimoiy obyektlarni barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

👍 Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ta’lim va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

👍 Murojaatda barcha rejalarning amaliy natijaga yo‘naltirilishi, aholining muammo va takliflari doimiy o‘rganib borilishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan shaxsiy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

👍 Tuman hokimi Yashnobod tumanining har bir mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar aholi farovonligiga xizmat qilishi lozimligini qayd etdi.

“Bugun va’da emas, balki aniq ro‘yxat, aniq sanalar va raqamlarga asoslangan rejalarimizni sizlarning e’tiboringizga taqdim etmoqdaman”, — dedi B. Raxmankulov.

Murojaat davomida Yashnobod tumanini zamonaviy, obod, iqtisodiy jihatdan barqaror va aholi uchun qulay hududga aylantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

Slide 1 of 1