Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🏫 YANGI MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati Z.Eshmurodova tomonidan G‘urjak-1 mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida bunyod etilayotgan 330 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 60-sonli umumita’lim maktabining qurilish jarayoni o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktab binosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🏗 Shuningdek, qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi masalalari ko‘rib chiqildi.

📌 Maktabning foydalanishga topshirilishi natijasida hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengayishi ko‘zda tutilmoqda.

🤝 Deputat tomonidan qurilish jarayonini o‘rganish va aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5