Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
HUQUQIY EKSPERTIZA – SIFATLI QAROR QABUL QILISHNING MUHIM BOSQICHI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi VII-6-38-3-48-K/25-son qarori bilan mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyoti tasdiqlangan.

Mazkur uslubiyot mahalliy Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniy, asosli va sifatli tayyorlanishini ta’minlash, ularning amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq muvofiqligini baholash hamda huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan.

Uslubiyotga muvofiq huquqiy ekspertiza jarayonida:

- qaror loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi tekshiriladi;

- huquqiy texnika qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish talablari asosida baholanadi;

- qaror loyihalarida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillar, huquqiy bo‘shliqlar va turlicha talqin qilinishi mumkin bo‘lgan normalar aniqlanadi;

- hujjatning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy oqibatlari tahlil qilinadi;

- ekspertiza yakuniga ko‘ra ijobiy, kamchiliklarni bartaraf etish tavsiya etilgan yoki salbiy xulosa rasmiylashtiriladi.

Huquqiy ekspertiza xulosalari "E-kengash" elektron tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Bu esa qaror loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini oshirish, hujjatlar ijrosini elektron nazorat qilish imkonini beradi.

Huquqiy ekspertiza mahalliy Kengash faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy jihatdan puxta ishlab chiqilishi hamda ularning fuqarolar va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlaydigan muhim bosqich hisoblanadi.