Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Y.Safarov hamda hudud deputati E.Eshkuziyev tomonidan Obihayot QFY hududida fuqarolardan tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan piyodalar uchun yo‘lak tashkil etish hamda oqova suvlarni chiqarish bilan bog‘liq muammolar hududning mavjud holatidan kelib chiqib ko‘rib chiqildi.

Xususan, fuqarolar harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish imkoniyatlari, shuningdek, oqova suvlarning to‘planib qolishi va ularni chiqarib yuborish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish imkoniyatlari hamda mas’ul tashkilotlarning vakolatlari muhokama qilindi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni amaliy choralar orqali bartaraf etish yuzasidan takliflar shakllantirildi.
Mazkur masalalar doimiy komissiya faoliyati doirasida o‘rganilib, ularning ijrosi bo‘yicha tegishli tashkilotlardan ma’lumotlar olinadi.

Slide 1 of 2