Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
YOSHLAR SPORTI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan tuman Sport maktabida jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish davomida sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport inshootlarining holati, mashg‘ulotlar uchun mavjud imkoniyatlar, sport jihozlari va inventarlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda tarbiyalanuvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
👌 Bugungi kunda tuman Sport maktabida sportning bir qator ommabop va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Jumladan, badiiy gimnastika, dzyudo, boks, fransuz boksi — SAVAT, suzish, shaxmat va para shaxmat turlari bo‘yicha yoshlar malakali murabbiylar rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda.
📌 Ushbu sport turlarining yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning o‘z qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli yo‘nalishlarda sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Ayniqsa, para shaxmat yo‘nalishining mavjudligi inklyuziv sportni rivojlantirish va barcha yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
👌 Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
👌 Sport — yoshlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, ularda iroda, intizom, qat’iyat, jamoaviylik va g‘alabaga intilish kabi muhim fazilatlarni shakllantiradi. Muntazam jismoniy faollik yoshlarning sog‘lom ulg‘ayishi va faol hayot tarzini shakllantirishida muhim o‘rin tutadi.
📌 O‘rganish jarayonida sport maktabining malakali murabbiylari va mutaxassislari bilan suhbatlashilib, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar, ehtiyojlar va takliflar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Shuningdek, yoshlarning sportga qiziqishini yanada oshirish, ularni muntazam mashg‘ulotlarga keng jalb etish, sport maktabining moddiy-texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda istiqbolli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🟢 Sog‘lom yoshlar — sog‘lom jamiyat va farovon kelajak garovidir!

Slide 1 of 3