Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Tovoqsoy” mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilgan sharoitlar, sport inventarlari va jihozlari bilan ta’minlanganlik holati hamda mavjud sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.

🔺Maktab hududida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun futbol va basketbol maydonlari, shuningdek, sport zali mavjudligi ko‘zdan kechirildi. Sport inshootlarida o‘quv mashg‘ulotlari va turli sport tadbirlarini o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lib, mavjud sport inventarlari va jihozlari o‘quvchilar ehtiyojini ta’minlash uchun yetarli ekani aniqlandi. Shu bilan birga, maktab binosining umumiy holati, ayniqsa, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhandislik-kommunikatsiya tizimlari ham o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktabning issiqlik tizimi, sinf xonalari va faollar zali ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi. Mazkur holat ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay harorat sharoitini ta’minlash, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda ta’lim jarayonini me’yoriy sharoitlarda tashkil etish nuqtai nazaridan muhim masala sifatida qayd etildi.

🔺Deputat tomonidan maktab binosini yaxshilash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta’lim olish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi”ga kiritish bo‘yicha taklif berilgani ma’lum qilindi.

🔺Shuningdek, maktabda mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, sport maydonlari va zaldagi jihozlarni muntazam ravishda saqlash, o‘quvchilarni sportga keng jalb qilish hamda sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8